Yaqin reyslar
Reyslar Toshkentdan haftalik chiqadi. Sanalar avtomatik yangilanadi.
| Paket | Narx | Davomiyligi | Reys | Yaqin sanalar |
|---|---|---|---|---|
| Standart | $1100 | 14 kunlik safar | Har dushanba, Toshkent-Jidda | 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr |
| Taskin | $1195 | 14 kunlik safar | Seshanba reyslari, sanani admin tasdiqlaydi | 24 noyabr, 1 dekabr, 8 dekabr |
| Shafoat | $1350 | 14 kunlik safar | Har dushanba, Toshkent-Jidda | 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr |
| Quron mo'jizalari | $1495 | Maxsus dastur | Sanalarni admindan so'rang | Admindan so'rang |
| Istanbul + Umra | $1495 | 14 kunlik safar | Har shanba, to'g'ridan-to'g'ri parvoz | 21 noyabr, 28 noyabr, 5 dekabr |
Hujjat qabul qilish reysdan 1 kun oldingacha. Oldinroq yozgan ma'qul, chunki joylar soni cheklangan.
Umra safari qanday tashkil etiladi
- Paket va sanani tanlaysiz. Paketlar o'rtasidagi farqni narxlar sahifasidan ko'ring.
- Telegramda adminga yozasiz. Saytdagi tugma tayyor xabar bilan chatni ochadi.
- Hujjatlar topshiriladi. Admin kerakli hujjatlar ro'yxatini va pasport nusxasini yuborish tartibini aytadi.
- Narxning 30% to'lanadi va joy band qilinadi. To'lov usulini admin tushuntiradi.
- Guruh bilan safarga chiqasiz. Safar davomida ellikboshi hamrohlik qiladi.
Qaysi yo'nalish bo'yicha uchiladi
- Taskin: to'g'ridan-to'g'ri Toshkent-Madina reysi.
- Standart va Shafoat: Toshkent-Jidda reysi.
- Istanbul + Umra: avval Istanbulga to'g'ridan-to'g'ri parvoz, keyin Madina va Makka.
- Quron mo'jizalari: Umra va Dubay, Abu-Dabi sayohati, sanalarni admin aytadi.
Litsenziya
Safarlarni "Hikmat Umra Travel" MChJ tashkil etadi: Umra tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish litsenziyasi UT № 0017 (09.09.2025). Toshkent, Farg'ona, Andijon va Termizda ofislarimiz bor.
Umra safari haqida savollar
Aniqlanmagan savollarga admin javob beradi.
Narxga nimalar kiradi?
Viza, parvoz, mehmonxona, paketda ko'rsatilgan transport va ovqatlar, ellikboshi hamrohligi. Istanbul paketida tushlik, kechki ovqat va teleferik narxga kirmaydi. Aniq ro'yxatni admin yuboradi.
Joyni qanday band qilaman?
Sanani tanlab, Telegramda adminga yozasiz. Pasport va to'lov (narxning 30%) shu orqali bajariladi. Saytning o'zida to'lov qilinmaydi.
Hujjatlarni qachongacha topshirish kerak?
Reysdan 1 kun oldingacha. Ammo oldinroq yozgan ma'qul: joy tugashi mumkin.
Reyslar qachon?
Standart: har dushanba, yaqin sanalar 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr. Taskin: har seshanba, yaqin sanalar 24 noyabr, 1 dekabr, 8 dekabr. Shafoat: har dushanba, yaqin sanalar 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr. Quron mo'jizalari: sanalarni admindan so'rang. Istanbul + Umra: har shanba, yaqin sanalar 21 noyabr, 28 noyabr, 5 dekabr.
Oila bilan yoki guruh bo'lib borsak bo'ladimi?
Ha. 10-20 kishilik guruhlar uchun shartlarni adminga yozing.
Bron bekor qilinsa nima bo'ladi?
Shartlarni shartnomadan oldin admin tushuntiradi. Savol bo'lsa, bron qilishdan oldin so'rang.
