Umra paketlari narxlari
Quyidagi narxlar bir kishi uchun, AQSh dollarida. Sanalar jadval bo'yicha avtomatik yangilanadi. Joyni band qilish uchun narxning 30% to'lanadi.
| Paket | Narx | Davomiyligi | Reys | Yaqin sanalar |
|---|---|---|---|---|
| Standart | $1100 | 14 kunlik safar | Har dushanba, Toshkent-Jidda | 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr |
| Taskin | $1195 | 14 kunlik safar | Seshanba reyslari, sanani admin tasdiqlaydi | 24 noyabr, 1 dekabr, 8 dekabr |
| Shafoat | $1350 | 14 kunlik safar | Har dushanba, Toshkent-Jidda | 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr |
| Quron mo'jizalari | $1495 | Maxsus dastur | Sanalarni admindan so'rang | Admindan so'rang |
| Istanbul + Umra | $1495 | 14 kunlik safar | Har shanba, to'g'ridan-to'g'ri parvoz | 21 noyabr, 28 noyabr, 5 dekabr |
Narxga nimalar kiradi
- Viza: barcha paketlarda narxga kiritilgan.
- Mehmonxonalar Madina va Makkada, paketga ko'ra (Taskin va Istanbul + Umra paketlarida Makkada Rayyan Al Jiwar, Standartda Sama al Misk).
- Parvoz: Taskin va Istanbul + Umra paketlarida to'g'ridan-to'g'ri reys, Standart va Shafoatda Toshkent-Jidda.
- Madinadan Makkaga yo'l: Standartda avtobus, Taskin va Shafoatda Haramain tez yurar poyezdi.
- Ovqat: Taskinda Madinada 2, Makkada 3 mahal. Istanbul + Umra paketida Makkada 3 mahal. Qolgan paketlar uchun admin aniq ro'yxatni yuboradi.
- Guruh ellikboshi hamrohligida.
Narxga kirmaydigan xarajatlar
Istanbul + Umra paketida Istanbuldagi tushlik va kechki ovqatlar hamda teleferikka chiqish narxga kirmaydi. Quron mo'jizalari paketida Dubaydagi ixtiyoriy kirish chiptalari (masalan Gullar bog'i, Shox saroyi, Global Village) alohida to'lanadi. Aniq xarajatlar ro'yxatini bron qilishdan oldin admin yuboradi.
Paketlar narxi nimaga qarab farqlanadi
Paketlar orasidagi farq asosan quyidagilarda: Madinada necha kecha qolish, Makkadagi mehmonxona, Madinadan Makkaga qanday borish (avtobus yoki tez yurar poyezd), parvoz turi (to'g'ridan-to'g'ri yoki Jidda orqali) va qo'shimcha dastur (masalan Istanbul yoki Dubay sayohati).
Qaysi paket sizga mos
- Standart ($1100): eng sodda va arzon variant, Madinada 2 kecha.
- Taskin ($1195): ota-onalar va xotirjam safarni xohlovchilar uchun: Madinada 3 kecha, tez yurar poyezd, Ravzaga kirish kafolatlanadi.
- Shafoat ($1350): Madinada 8 kun, Makkada 6 kun qolish imkoniyati.
- Istanbul + Umra ($1495): avval Istanbulda 4 kun, keyin Madina va Makka.
- Quron mo'jizalari ($1495): Umra ziyorati va Dubay, Abu-Dabi sayohati bir safarda.
Keksalar uchun alohida yordam xizmati (aravacha, hamroh) yo'q, faqat ellikboshi hamrohligi. Ota-onangiz mustaqil yura olsalar Taskin mos keladi. Paketlar bilan batafsil tanishing.
Narx haqida savollar
Aniqlanmagan savollarga admin javob beradi.
Narxga nimalar kiradi?
Viza, parvoz, mehmonxona, paketda ko'rsatilgan transport va ovqatlar, ellikboshi hamrohligi. Istanbul paketida tushlik, kechki ovqat va teleferik narxga kirmaydi. Aniq ro'yxatni admin yuboradi.
Joyni qanday band qilaman?
Sanani tanlab, Telegramda adminga yozasiz. Pasport va to'lov (narxning 30%) shu orqali bajariladi. Saytning o'zida to'lov qilinmaydi.
Hujjatlarni qachongacha topshirish kerak?
Reysdan 1 kun oldingacha. Ammo oldinroq yozgan ma'qul: joy tugashi mumkin.
Reyslar qachon?
Standart: har dushanba, yaqin sanalar 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr. Taskin: har seshanba, yaqin sanalar 24 noyabr, 1 dekabr, 8 dekabr. Shafoat: har dushanba, yaqin sanalar 23 noyabr, 30 noyabr, 7 dekabr. Quron mo'jizalari: sanalarni admindan so'rang. Istanbul + Umra: har shanba, yaqin sanalar 21 noyabr, 28 noyabr, 5 dekabr.
Oila bilan yoki guruh bo'lib borsak bo'ladimi?
Ha. 10-20 kishilik guruhlar uchun shartlarni adminga yozing.
Bron bekor qilinsa nima bo'ladi?
Shartlarni shartnomadan oldin admin tushuntiradi. Savol bo'lsa, bron qilishdan oldin so'rang.
